Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent shahri hokimligi poytaxt ko‘chalaridagi 151 ta monitorda O‘zbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabasiga qo‘shgan hissasi haqida qisqa videoroliklarni namoyish etmoqda.

Shahar ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, materiallar arxiv ma’lumotlari asosida Mudofaa vazirligi, “O‘zarxiv” agentligi va Milliy universitetning Tarix fakulteti vakillari ishtirokida tayyorlangan.

12 turdagi videoroliklar o‘zbek xalqining front va front ortidagi mehnati hamda jasoratini aks ettiradi. Ularda urush yillaridagi muhim faktlar, jumladan, o‘zbekistonliklarning janglardagi ishtiroki va orqa frontdagi fidokorona mehnati ko‘rsatilgan.

Hokimlik matbuot xizmati xabarida ta’kidlanishicha, loyiha yosh avlodga xalqimizning tarixiy xotirasini yetkazish, urush yillaridagi matonat va birdamlikni eslatish hamda ajdodlarimiz xotirasiga hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Source: www.gazeta.uz