Toshkentning Bektemir tumanida 8 may kuni soat 12:30 atrofida kichik bola o‘yinchoq elektromobilda yo‘lga chiqib ketgan. Voqea Oltingan ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Guvohlarning tezkor aralashuvi tufayli mumkin bo‘lgan fojianing oldi olindi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bolaning kattalar nazoratisiz yo‘lda qolgani ko‘rinadi.
Poytaxt YHXB xodimlari tekshiruvdan so‘ng bolaning otasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan. Hodisa sababi sifatida ota-ona nazoratining yetishmasligi ko‘rsatilgan.
Otaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (voyaga yetmaganlarni tarbiyalash va o‘qitish bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik) bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ushbu modda 5 BHVgacha (2 million so‘mdan biroz ko‘proq) jarima nazarda tutadi.
Source: podrobno.uz