Buxoro Tungi Yugurishi 2026: 26 Davlatdan 3500 Ishtirokchi, Yangi Rekord
18-aprel kuni Buxoroning tarixiy markazida Samarkand Marathon turkumiga kiruvchi beshinchi xalqaro xayriya yugurish musobaqasi — Bukhara Night Race 2026 o‘tkazildi. Tadbir Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilib, 5, 10 va 21,1 km (yarim marafon) masofalari bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Ishtirokchilar orasida professional sportchilar, havaskor yuguruvchilar, skandinavcha yurish ixlosmandlari va bolalar bor edi, ularning yoshi 3 dan 79 yoshgacha bo‘ldi.











