⌚️⚖️ Sherzod Kudbiyevning qimmatbaho soati atrofidagi muhokamalar: Amaldorlar kamtarligi va deklaratsiya tizimi masalasi
▪️ Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ijtimoiy tarmoqlarda uning qimmatbaho soati atrofida tarqalgan xabarlarga izoh berdi. Muhokamalar uning yig‘ilishlardan birida ko‘rinish bergan soati tufayli boshlandi, blogerlar va foydalanuvchilar uni lyuks model (masalan, Vacheron Constantin Overseas yoki Breguet Marine) sifatida aniqlab, narxini 50 ming dollarga baholashdi.











