Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro Numbeo portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston mol go‘shti nisbatan arzon bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.

5-may kuni yangilangan reytingda 101 davlat ishtirok etdi. O‘zbekiston 66-o‘rinni egallab, bir kilogramm mol go‘shti 10,86 dollarni (taxminan 130 000 so‘m) tashkil qildi.

Shu bilan birga, O‘zbekistonda go‘sht boshqa postsovet davlatlariga nisbatan qimmatroq: Ozarbayjonda 10,53 dollar, Belarusda 9,25 dollar, Qozog‘istonda 8,72 dollar.

Eng qimmat mol go‘shti Shveytsariyada (45,58 dollar), Norvegiyada (32,89 dollar) va Lyuksemburgda (27,65 dollar) sotilmoqda. Aksariyat rivojlangan davlatlarda go‘sht O‘zbekistondagidan 3-4 barobar qimmat.

Reytingning dastlabki 15 qatorini Germaniya, Shvetsiya, Fransiya, Finlyandiya, Avstriya, Italiya, Belgiya kabi Yevropa davlatlari hamda Isroil, Janubiy Koreya va Singapur egallagan – bu yerda go‘sht 20 dollardan qimmat.

Eng arzon mol go‘shti Pokistonda (4,68 dollar), Nigeriyada (4,73 dollar) va Keniyada (5,23 dollar) qayd etilgan.

Numbeo – bu foydalanuvchi ma’lumotlariga asoslangan xalqaro ma’lumotlar bazasi bo‘lib, u dunyo shaharlari va davlatlarida hayot narxini to‘playdi. Xizmat asosan foydalanuvchi ma’lumotlaridan, qisman rasmiy statistikadan foydalanadi, shuning uchun raqamlar umumiy tasavvur beradi, lekin har doim aniq emas.

Source: kun.uz