Xitoy, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida Urumchida norasmiy muzokaralar o‘tkazildi
Xitoy Tashqi Ishlar Vazirligi rasmiy vakili Mao Ninning xabar berishicha, 1-7-aprel kunlari Urumchi shahrida Xitoy, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida norasmiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalar tarkibiga ushbu mamlakatlarning tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik uchun mas’ul idoralari vakillari kirdi.











