AQSh elchixonasi FIFA PASS orqali 2026 yil Jahon chempionati chiptasi egalari uchun vizaga ustuvor yozilish bo‘yicha ko‘rsatma e'lon qildi
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi 2026 yilda Kanadada, AQShda va Meksikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatiga chipta sotib olgan fuqarolar uchun vizaga ustuvor yozilish tartibini e'lon qildi. Bu tizim FIFA PASS deb nomlanadi va chipta egalariga odatdagi navbatdan tashqari imkoniyat beradi, ammo bu jarayon murakkab va bir qator talablarga bog‘liq.











