️ Navoiy viloyati, Kanimex tumani hududida halokatli avtohalokat sodir bo‘ldi, natijada 2 kishi joyida, yana 2 kishi kasalxonada vafot etdi. ️ Kun.uz manbasining xabar berishicha, 22-fevral kuni “Navoiy–Zarafshon–Uchquduq” avtomobil yo‘lida Nexia haydovchisi qarshidan kelayotgan... yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. ️ Sabab sifatida haydovchining tezlik chegarasidan oshib ketishi va qoidabuzar ravishda quvib o‘tish manevrini amalga oshirgani ko‘rsatilmoqda. ️ Voqea bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov choralari amalga oshirilmoqda. ️ Yodda tutish kerakki, bundan oldin ham Navoiy viloyatida avtobus ishtirokidagi baxtsiz hodisada 2 kishi halok bo‘lgan edi.