️ Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAEAT) Bosh direktori Rafael Grossi Eronning yadro bombasi ishlab chiqarishi haqida hech qanday dalil yo‘qligini, biroq mamlakatning yadro dasturining faqat tinch maqsadlar uchun ekanligini ham tasdiqlay olmasligini aytdi. U bu bayonotni X ijtimoiy tarmog‘ida... e’lon qildi.
️ Grossi: “Eronning yadro bombasi yaratayotgani haqida dalil yo‘q, ammo uning qurol darajasiga yaqin boyitilgan uran zaxiralari va inspektorlarga to‘liq kirish imkoniyatini bermasligi jiddiy tashvish tug‘diradi”, dedi.
️ U shuni ta’kidladi: Eron MAEAT bilan kafolatlar bo‘yicha masalalarni hal qilishda yordam bermaguncha, agentlik mamlakatning yadro dasturi faqat tinch maqsadlar uchun ekanligini tasdiqlay olmaydi.
️ Ilgari Grossi MAEAT Boshqaruv Kengashining yig‘ilishida Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlarning rivojlanishini tashvish bilan kuzatayotganini aytgan edi. Shu kuni Eron AQSh va Isroilning harbiy operatsiyasi paytida havo hujumlari natijasida Natanz shahridagi yadro ob’ekti zarar ko‘rganini bildirdi.