Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Taliban hukumatining Mudofaa vazirligi “Radd az-Zulm” (“Zulmga qarshi kurash”) nomli operatsiyasi doirasida Kandahar viloyatida yetti nafar Pokiston harbiy postini egallab olganini e’lon qildi. ️ Afg‘oniston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, 205-“Al-Badr” korpusining 6-chegarachi... brigadasi ushbu obyektlarni nazorat ostiga olgan, qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni musodara qilgan, Pokiston harbiylari orasida halok bo‘lgan va yaradorlar bor. ️ Pokiston rasmiylari hozircha bu ma’lumotlarni tasdiqlamadi. ️ Vaziyat Pokistonning Kobul, Kandahar va chegaradosh viloyatlardagi ob’yektlarga qarshi “Gazab lil-Haq” (“Haqiqat uchun g‘azab”) nomli operatsiyasi ortidan keskinlashdi. Pokiston bu harakatni Pokiston Toliboni harakati (TTP) jangarilarining lagerlariga qarshi deb ta’riflaydi. ️ Jangovar harakatlar fonida xalqaro tashkilotlar va BMTning Afg‘onistondagi vakolati (UNAMA) tinch aholi qurbonlari sonining oshib borayotganidan chuqur tashvish bildirmoqda. BMTning 2026-yil 4-mart holatiga ko‘ra dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, keskinlashuv boshlanganidan buyon kamida 42 tinch fuqaro halok bo‘lgan, 100 dan ortig‘i yaralangan. ️ Janglar “Durand chizig‘i” bo‘ylab bir qancha viloyatlarda, jumladan Xost, Paktika va Kunarda davom etmoqda.

Source: podrobno.uz