️ O‘zbekistonda havo haroratining pasayishi fonida avtomobil gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGNKS) ishi vaqtincha cheklangan, deb Energetika vazirligi xabar berdi.
️ Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, cheklovlar 4-mart kuni soat 19:00 dan 5-mart kuni soat 10:00 gacha amal qiladi.... Sababi sovuq va nam havo massalarining kirib kelishi bo‘lib, bu tabiiy gaz iste’molining oshishiga va magistral gaz quvurlaridagi bosimning pasayishiga olib keldi.
️ Energetika vazirligida ta’kidlashicha, yuqori yuk ostida ustuvor vazifa turar-joy uylari va ijtimoiy soha ob’ektlarini uzluksiz gaz bilan ta’minlashdir. Shu sababli ko‘rsatilgan muddat uchun metan quyish shoxobchalarida vaqtincha cheklovlar joriy etiladi.
️ Shu bilan birga, ijtimoiy muassasalar va jamoat transportiga gaz yetkazib berish odatdagi tartibda amalga oshiriladi.