Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonda isitish mavsumi uchun belgilangan tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha 500 kub metrli bazaviy me’yor mart oyida amal qilmaydi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, oshirilgan bazaviy me’yor noyabrdan fevralgacha amal qilgan. 1-martdan boshlab u 100 kub metrga tushirildi. Ya’ni 100 kub metrgacha iste’mol uchun 1000 so‘mlik tarif qo‘llanadi, 101 kub metrdan 2500 kub metrgacha bo‘lgan hajm uchun esa 1800 so‘m to‘lanadi.

2025-yilda sovuq ob-havo inobatga olinib, me’yor 1-aprelgacha uzaytirilgan edi.

Vazirlik eslatishicha, prezident qarorlariga muvofiq, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun har oy kompensatsiyalar berib boriladi.

Kompensatsiya quyidagi tartibda taqdim etiladi:

Qayd etilishicha, ilgari kompensatsiyalar faqat qish oylarida amal qilgan bo‘lsa, endi — yil davomida har oyda berilmoqda.

Source: www.gazeta.uz