Yaqin Sharq mamlakatlaridagi noxush vaziyatlar tufayli xorijda qolgan yoki vatanga qaytishda muammolarga duch kelayotgan fuqarolarga yordam berish uchun Qoraqalpog‘istonda shtab tashkil etildi. Jo‘qorg‘i Kenges bu haqda xabar berdi.
Shtab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligida ishlaydi va 24/7 rejimida faoliyat olib boradi.
Muammoga duch kelgan fuqarolar (61) 222-27-27 telefon raqami yoki @nukusshtab Telegram manzili orqali murojaat qilishlari mumkin.
Source: www.gazeta.uz