Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi 2026-yilda O‘zbekistonda meningokokk infeksiyasi bilan kasallanishda biroz o‘sish kuzatilganini ma’lum qildi.

Birinchi chorakda 174 ta holat ro‘yxatga olingan bo‘lib, ulardan 168 nafari 14 yoshgacha bo‘lgan bolalardir. Aprel oyida esa mart oyiga nisbatan 14 foizga pasayish qayd etilgan.

Infeksiyaning tarqalishini oldini olish maqsadida 8 024 doza vaksina xarid qilingan va bemorlar bilan aloqada bo‘lgan 4 862 kishi emlangan.

Meningit — bu miya va orqa miya pardalarining yallig‘lanishi bo‘lib, ko‘pincha bakteriya yoki viruslar sabab bo‘ladi. U tez rivojlanishi bilan xavflidir.

Qo‘mita eng samarali himoya usuli sifatida emlashni tavsiya qiladi.

Source: kun.uz