Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi avtobus bekatlarida joylashgan savdo nuqtalarini olib tashlashni e'lon qildi. Bu qaror jamoat transporti infratuzilmasini tartibga solish va yangilash doirasida qabul qilingan. ️ Shahar ma'muriyati tomonidan o'tkazilgan audit natijalariga ko'ra, 100 km... yo'l qismidagi 360 dan ortiq bekat va 190 ta chorraha xatlovi tekshirildi. Jamoat transporti bekatlari hududida 110 ta savdo obyekti joylashgani aniqlangan. ️ Tekshiruv shuni ko'rsatdiki, 61 ta savdo obyekti bekat hududiga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga ega emas. Ular huquqiy baholanishi va tegishli choralar ko'rilishi kutilmoqda. ️ Shahar hokimligi qaroriga ko'ra, barcha bekatlar yangilanadi, savdo nuqtalari esa bekat hududidan olib tashlanadi. Ruxsat beruvchi hujjatlarga ega tadbirkorlarga boshqa joy ajratish orqali kompensatsiya to'lash mexanizmi nazarda tutilgan. ️ Hokimlik xabarida jahon amaliyoti asosida, zamonaviy bekat konsepsiyalari savdo obyektlarining yo'qligini, yo'lovchilarning xavfsiz kutishini va inklyuziv muhit yaratilishini talab qilishi ta'kidlangan. ️ Bu chora poytaxtda boshlangan “Dolzarb 90 kunlik” dasturining bir qismi bo'lib, unda yo'llarni ta'mirlash, jamoat transportiga ustuvorlik berish va svetoforlarni yangilash ko'zda tutilgan. ️ O'tgan hafta YHTEM Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaga tirbandliklar va jamoat transporti muammolarini hal etish bo'yicha loyihalar taqdim etilgan. Mirziyoyeva transport tizimini modernizatsiya qilish jarayonini shaxsan nazorat qilishini bildirgan. ️ 2025-yil yozida Raqobat qo'mitasi O'zbekiston bo'ylab 2800 ta avtobus bekatlarini tekshirib, ularning ko'pchiligida yorug'lik, belgilar va panduslar yo'qligini aniqlagan. Qo'mita Transport vazirligi va hokimliklarga kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rsatmalar yuborgan.

Source: www.gazeta.uz