️ Namangan viloyatida deyarli 30 ga yaqin dorixona va optom savdogarlar dori-darmonlar narxlarini oshirib, asossiz ravishda 497 million so‘m miqdorida daromad olgan.
️ Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra,... savdo ustamalari qoidalariga rioya qilinmasligi Fair tech yagona axborot tizimi orqali aniqlangan.
️ 26 ta dori-darmonlar optom savdogarlari faoliyatini tekshirish shuni ko‘rsatdiki, preparatlarni sotishda belgilangan optom referens narxlaridan yuqori narxlar qo‘llanilgan.
️ Maxsus komissiya ish qo‘zg‘atib, huquqbuzarlarga referens narxlariga rioya qilish va buzilishlarni bartaraf etish bo‘yicha majburiy bajariladigan ko‘rsatmalar bergan.
️ Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi farmatsevtika sohasida narx belgilash qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilishni davom ettiradi.
️ Eslatib o‘tamiz, 2025 yil yakunlariga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 760 dan ortiq dorixonalar dori-darmonlarga asossiz savdo ustamalari qo‘shib, iste’molchilardan deyarli 8 milliard so‘m miqdorida mablag‘ olib qo‘ygan.