Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 8-maydan 12-maygacha kuchli yomg‘irlar kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida sel va suv toshqini xavfi yuqori. Mutaxassislar o‘nlab tumanlarni sanab o‘tgan.

Aholi, sayyohlar va haydovchilar ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirilgan. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolarga alohida ogohlantirish berilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent hokimligi “Chorsu” metro bekati suv ostida qolishiga irrigatsiya-drenaj tizimidagi jiddiy nosozliklar sabab bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Hokimlik yangi liniyalar qurilishini e’lon qilgan.

Source: podrobno.uz