Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Oliy sud kengashi 6 may kuni qabul qilgan qarori bilan bir qator sudyalarning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyati To‘raqo‘rg‘on tuman sudi tergov sudyasi Sherali Seytirzayev o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tuman sudi raisi Otabek Siddiqov ham o‘z arizasiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi.

Yana ikki sudyaning vakolatlari intizomiy va qonunchilik normalari asosida muddatidan oldin tugatildi:

Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Farrux Samatov sudya sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, sud obro‘siga putur yetkazuvchi noloyiq xatti-harakat sodir etgani hamda Sudya etikasi kodeksi talablarini buzgani uchun lavozimidan ozod etildi.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi Faxriddin Xalilov odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzgani uchun muddatidan oldin sudya vakolatidan mahrum qilindi. Qaror qabul qilingan kundan kuchga kirishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, kengash bir qator tayinlovlarni amalga oshirdi:

Shavkatjon Mirzaliyev Toshkent viloyati Nurafshon shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyasi etib tayinlandi;

Shoxan Bekturganov Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi bo‘ldi;

Farrux Bozorboev Toshkentning Yakkasaroy tuman sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi etib tayinlandi;

Dildora Anvarova poytaxtning Shayxontohur tuman sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyasi bo‘ldi;

Botirjon Sagatov Toshkentning Yashnobod tuman sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi etib tayinlandi;

Ikbol Zokirov Namangan viloyati Namangan shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha tergov sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Source: kun.uz