Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi ikkinchi mavsum ketma-ket Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi. Parijliklar Myunxendagi “Allianz Arena”da “Bavariya” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, ikki o‘yin yakuni bo‘yicha 6:5 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliyaning uzatmasidan so‘ng Usman Dembele mehmonlarni oldinga olib chiqdi. “Bavariya” hisobni faqat qo‘shib berilgan vaqtda — 90+4-daqiqada Garri Keynning goli bilan tenglashtirdi.

Final uchrashuvi 30-may kuni Budapeshtdagi “Pushkash Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi. PSJning raqibi Londonning “Arsenal” klubi bo‘ladi.

Parijliklar uchun bu ketma-ket ikkinchi Chempionlar Ligasi finali. O‘tgan mavsumda jamoa “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritgan edi.

Source: podrobno.uz