Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Uzgidromet 10-12 aprel kunlari mamlakatning tog‘li va tog‘ oldi hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli sel va toshqinlar xavfi mavjudligi haqida ogohlantirish chiqardi. Bu ogohlantirsh Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining bir qator tumanlariga, shuningdek Angren, Olmaliq va Xonobod shaharlariga tegishli.

Ogohlantirishga ko‘ra, Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari; Surxondaryoda Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlari; Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari xavf ostida.

Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari; Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, Gallaorol, Sharof Rashidov, Farish va Yangiobod tumanlari; Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq va Yuqorichirchiq tumanlari, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari ham xavfga duchor bo‘lishi mumkin.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari; Farg‘ona viloyatida So‘x, Shahimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlari; Andijon viloyatida Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari, shuningdek Xonobod shahri ham ogohlantirish doirasiga kiritilgan.

Uzgidromet tog‘li va tog‘ oldi hududlarida yashovchi aholi, dam oluvchilar va haydovchilarni ehtiyot choralariga rioya qilishga chaqirdi. Ayrim hududlarda yomg‘ir suvlarining to‘planishi natijasida yer maydonlarining suv bosishi mumkinligi ta’kidlandi. Mutaxassislar bu davrda sayohat va dam olish rejalarini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qilmoqda.

Source: kun.uz