️ 4-mart kuni Eronning Toshkentdagi elchixonasida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy mintaqadagi keskin vaziyat transport yo‘laklariga ta’siri haqidagi savolga javob berdi.
️ Elchining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi turli... namoyishlar va harbiy keskinliklarga qaramay, ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar o‘sishda davom etmoqda.
️ “Biz O‘zbekiston oldidagi barcha majburiyatlarimizni bajaryapmiz. Agar O‘zbekiston tashqi savdosida yuklar qayerdadir to‘xtab qolayotgan bo‘lsa, eng kam kuzatiladigan joy — Eron bo‘ladi. Biz tovarlar tranziti bo‘yicha O‘zbekistonga eng katta yordamni berib kelyapmiz”, — deya ta’kidladi diplomat.
️ Muhammad Ali Iskandariy, shuningdek, ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlariga to‘xtalarkan, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi 500 mln dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 600 mln dollardan oshganini ta’kidladi.
️ Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda nafaqat temiryo‘l, balki avtomobil transporti orqali ham yuk tashish hajmi sezilarli darajada o‘sib boryapti.
️ “Biz kuchimiz boricha o‘zimizni mudofaa qilamiz. Eron katta iqtisodiy qudrat ham hisoblanadi. O‘tgan 40 yil davomida qo‘llanilgan shuncha katta bosimlarga qaramasdan, Eron mintaqadagi eng yirik iqtisodiy o‘yinchilardan biri bo‘lib qolmoqda. Demak, o‘zbek tadbirkorlari tomonidan Eron hukumatidan yana qandaydir, masalan, iqtisodiy savdo hamkorlik masalalari bo‘yicha biror so‘rovlar, iltimoslar bo‘lsa, biz albatta ularni bajarishga tayyorligimizni bildiramiz”, — dedi Eronning O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy.
️ Elchi, qolaversa, internetda Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilgani haqida xabarlarni rad etib, u faoli ishlayotganini qo‘shimcha qildi.
️ “Faqat mintaqada urush bo‘layotganligi sababli kemalar tabiiy ravishda u yerdan o‘tishda xavfsizlik choralariga rioya qilishyapti. Jang bo‘layotgani uchun va turli harbiy provokatsiyalar yuz berish ehtimolini nazarda tutgan holda davlatlar o‘zlarining kemalarini ushbu bo‘g‘ozdan o‘tkazishda ehtiyot choralarini ko‘rishmoqda”, — dedi u.
️ Ta’kidlash joizki, jahon savdo yo‘llari tizimida strategik o‘rinni egallagan Eron O‘zbekistonni qiziqtirgan muhim tranzit salohiyati va logistika imkoniyatlariga ega.
️ Eron hududi orqali qator muhim xalqaro transport koridorlari o‘tadi. Ular qatoriga, Markaziy Osiyo — Bandar-Abbos porti (Turkmaniston orqali), Markaziy Osiyo — Eron-Turkiya, janubi-g‘arbiy koridor: Fors ko‘rfazi — Eron — Ozarbayjon — Gruziya (Poti porti) — Ukraina — Polsha, Eron — Turkiya — Bolgariya — Ruminiya — Germaniya va boshqalar kiradi. Bundan tashqari, Tehron uchta yirik loyiha — “Shimol-Janub” Xalqaro transport koridori (XTK), Ashxobod kelishuvi va Chabahor portida ishtirok etadi.
️ Transport vaziri Ilhom Mahkamov O‘zbekistonning tashqi tashuvlari to‘qqizta xalqaro yo‘lak bo‘ylab amalga oshirilishi, asosiylaridan biri esa Eron dengiz portlari orqali o‘tadigan janubiy yo‘lak ekanini ma’lum qilgandi. U orqali eksport va importning katta qismi, jumladan, Turkiya va Yevropadan keladigan yuklarning 60 foizigacha amalga oshiriladi.
️ 2025-yil yanvar oyida Transport vazirligi rahbari “muammoli” yo‘nalishlardan o‘tish uchun muqobil yo‘laklar belgilanishini ma’lum qilgan. Ular qatorida quyidagidar keltirilgan:
️ 2025-yil iyun oyida Eron-Isroil urushi (“O‘n ikki kunlik urush”) davrida O‘zbekiston tashqi iqtisodiy tashuvlar barqarorligini ta’minlash, narxlar o‘sishining oldini olish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha favqulodda choralar ko‘rgan.
️ Xususan, Mahkamov Eron orqali tashuvda muammolar mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, Pokiston dengizidagi portlaridan foydalanish, Turkiyadan keladigan mahsulotlarni O‘rta koridor orqali yoki Gruziya-Rossiya chegaralaridan o‘tkazib, Rossiya-Qozog‘iston orqali olib kelish imkoniyati mavjudligini aytgan.