Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Namangan viloyati Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasining hududiy boshqarmasi Fair tech yagona axborot tizimi orqali o'tkazilgan tadqiqot natijasida, ba'zi dorixonalar va ulgurji sotuvchilar belgilangan savdo qo'shimcha to'lovlariga rioya qilmaganligi... aniqlandi. ️ Natijada, ularning asossiz daromad olishi qayd etildi, bu summa taxminan 497 million so'mni tashkil qiladi. ️ Tadqiqot jarayonida 26 ta dorivor vositalarni ulgurji sotish bilan shug'ullanuvchi subyektlar tekshirildi, ularning belgilangan ulgurji narxlaridan yuqori narxlarni qo'llagani aniqlanib, bu asossiz daromadga olib kelgan. ️ Vaziyat maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqildi, narx qoidalarini buzgan va asossiz narx oshirgan ulgurji sotuvchilarga nisbatan ish qo'zg'atildi, shuningdek, ularga qonunchilikka muvofiq bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalar berildi.

Source: kun.uz