Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ 4-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. ️ Tomonlar Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatning keskinlashib, nizo va... ziddiyatlar avj olayotganidan jiddiy tashvish bildirdilar. ️ Muqaddas Ramazon oyida ro‘y berayotgan bunday noxush holatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekani hamda tinchlikka tahdid solayotgan har qanday harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish zarurligi ta’kidlandi. ️ Davlat rahbari ushbu murakkab damlarda O‘zbekistonning strategik sherigi va yaqin hamkori bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari rahbariyati va xalqi bilan birdam va yakdil ekanini bildirdi. ️ Hozirda ushbu mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘mak, ularni Vataniga qaytarish bo‘yicha olib borilayotgan choralar uchun alohida tashakkur izhor etdi. ️ O‘z navbatida Amirliklar yetakchisi ushbu sinovli damlarda O‘zbekiston prezidentining samimiy qo‘llab-quvvatlagani, ko‘rsatayotgan birodarlik hurmati va hamjihatlik ruhi uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Source: www.gazeta.uz