️ O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Kuvayt valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi, deb davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
️ Suhbat chog‘ida Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va mamlakatning turli infratuzilma... obyektlariga berilgan zarbalardan jiddiy xavotir bildirildi.
️ Prezident bunday salbiy harakatlar xalqaro huquq tamoyillariga zid ekanini ta’kidladi va “ushbu sinovli damlarda O‘zbekiston do‘st Kuvayt xalqi bilan birdam ekanini” qayd etdi.
️ Tomonlar tinchlik va aholi osoyishtaligiga jiddiy tahdid soluvchi har qanday harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerakligini ta’kidladi.
️ Davlat rahbari Kuvaytda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga ko‘rsatilgan amaliy yordam uchun minnatdorlik bildirdi.
️ O‘z navbatida, Kuvayt valiahd shahzodasi O‘zbekiston yetakchisiga ushbu og‘ir damlarda ko‘rsatilgan do‘stona qo‘llab-quvvatlash va birdamlik uchun minnatdorlik izhor etdi.