️ Namangan viloyati bo‘yicha Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan Fair tech yagona axborot tizimi orqali o‘tkazilgan tadqiqot natijasida, ba’zi dorixonalar va ulgurji sotuvchilar belgilangan savdo ustamalariga... rioya qilmaganligi aniqlandi. ️ Natijada, ular tomonidan asossiz daromad olingani, bu esa taxminan 497 million so‘mni tashkil etgani qayd etildi. ️ Hududiy boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, dorivor vositalarni sotishda belgilangan qoidalarga rioya qilinmagan holatlar aniqlangan. ️ Xususan, viloyatda dorivor vositalarni ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi 26 subyektga nisbatan tadqiqot o‘tkazilgan bo‘lib, dorilarni sotishda belgilangan ulgurji referens narxlardan yuqori narxlar qo‘llanganligi va shu orqali asossiz daromad olingani aniqlangan. ️ Holat maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilgan va belgilangan tartibda referens narxlarga rioya qilmagan va narxlarni asossiz oshirgan ulgurji sotuvchilarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan, shuningdek, ularga qonunchilikka muvofiq bajarilishi shart bo‘lgan ko‘rsatmalar berilgan.