️ O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharq davlatlari — Qatar, Bahrayn va Iordaniya rahbarlari bilan telefon orqali muloqot qildi.
️ Suhbat Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Sonin, Bahrayn podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa va Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan... amalga oshirildi.
️ Muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi va ziddiyatlar mintaqaviy barqarorlik va tinchlikka jiddiy tahdid solayotgani ta’kidlandi.
️ Ramazon oyida musulmon ummati o‘rtasidagi kelishmovchilikni kuchaytiradigan nomaqbul harakatlardan chuqur xavotir ifoda etildi.
️ Davlat suvereniteti, tinchligi va osoyishtaligiga xavf soluvchi har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish mintaqa davlatlarining umumiy manfaatlariga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
️ Shavkat Mirziyoyev Qatarda bo‘lgan o‘zbek fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni vataniga qaytarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar uchun amirga minnatdorlik bildirdi.
️ Suhbatda Yaqin Sharqda kuzatilayotgan so‘nggi jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar muhokama qilindi.
️ Ramazon oyida musulmon ummati hamjihatlik, yaqin birodarlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari asosida bir-biriga hamfikr bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
️ Mamlakat tinchligi va fuqarolar osoyishtaligiga jiddiy xavf soladigan, begunoh insonlarning aziyat chekishiga sabab bo‘layotgan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, barcha muammolarni faqat diplomatik va muzokaralar yo‘li orqali hal etish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.
️ Prezident Bahrayn rahbariyati va xalqi bilan birdam va hamjihat ekanini izhor etdi, podshoh esa sinovli kunlarda ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik bildirdi.
️ Muloqotda mintaqada kuzatilayotgan jarayonlarning keskin tus olishi mintaqaviy xavfsizlik, barqarorlik hamda davlatlararo munosabatlarga jiddiy putur yetkazayotgani alohida ta’kidlandi.
️ Musulmon ummati uchun bo‘lgan Ramazon oyida mamlakatlar suvereniteti, fuqarolar tinchligi hamda osoyishtaligiga xavf tug‘diradigan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, nizo va muammolarni tinch va diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarurligi qayd etildi.
️ Prezident Iordaniya rahbariyati va xalqi bilan yakdil va birdamligini ta’kidladi, podshoh esa sinovli kunlarda chin do‘stlik va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorlik izhor etdi va Ammanga bo‘lajak oliy darajadagi tashrifning sermahsul o‘tishiga ishonch bildirdi.
️ Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Kuvayt valiahdi va BAA prezidenti bilan telefon orqali gaplashgandi.