Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ 4-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va O‘mon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi. ️ Muloqotda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilinib, yuzaga kelgan beqarorlik... jiddiy tashvish uyg‘otayotgani qayd etildi. ️ O‘zbekiston prezidenti O‘mon hududida sodir bo‘lgan bunday harakatlardan xavotirda ekanini bildirib, O‘zbekiston har qanday qarama-qarshilik hamda ziddiyatni siyosiy-diplomatik va tinch yo‘llar bilan, muzokaralar orqali hal qilishning qat’iy tarafdori ekanligini ta’kidladi. ️ Davlat rahbari cultonlikning mintaqada xavfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirib kelayotgan faol vositachilik roli va izchil sa’y-harakatlarini alohida e’tirof etdi. ️ Shuningdek, O‘monda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash va ularni Vataniga qaytarish uchun yaratilayotgan shart-sharoit uchun sultoniga chuqur minnatdorlik bildirdi. ️ O‘z navbatida, O‘mon sultoni O‘zbekiston yetakchisiga hamjihatlik va birdamlik tuyg‘ulari uchun tashakkur izhor etib, Masqatga bo‘lajak oliy darajadagi tarixiy tashrif yuksak saviyada o‘tishiga ishonch bildirdi.

Source: www.gazeta.uz