Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Muhammad Ali Iskandariy 4-mart, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Yaqin Sharqdagi keskin vaziyat haqida bayonot berdi. Diplomat Donald Tramp ma’muriyatining siyosatini tanqid qilib, AQSh bilan muzokaralar to‘laligicha... to‘xtatilganini va mintaqadagi Amerika harbiy bazalari Eronning to‘g‘ridan-to‘g‘ri nishonida ekanini ma’lum qildi. ️ Elchi Tramp ma’muriyatining siyosatiga to‘xtalib, u hokimiyatga kelishda “Amerika birinchi” shiorini ilgari surgani, biroq hozirgi Yaqin Sharq siyosatida Isroil manfaatlari birinchi o‘ringa chiqib qolganini ta’kidladi. Uning fikricha, bu AQShning mintaqadagi muvaffaqiyatsizliklarini va Isroilga qaramligini ko‘rsatadi. ️ Muhammad Ali Iskandariy AQShning xalqaro huquq tizimidagi mavjud mexanizmlarni izdan chiqarishga urinayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika o‘z zavolining oldini olish maqsadida barcha choralarni ko‘rmoqda, Eron va boshqa qarshilik kuchlari esa bu yo‘lda unga bahona sifatida xizmat qilmoqda. ️ Elchi AQSh kuchlari Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy bazalardan Eronga hujum qilishda foydalanishini, biroq javob zarbasi berilayotgan vaqtda harbiy bo‘lmagan obyektlarga ko‘chib o‘tib, ulardan “qalqon” sifatida foydalanishini ta’kidladi. U Eronning zarbalari faqatgina AQSh harbiy bazalari va razvedka markazlariga qaratilganini, tinch aholini nishonga olmasligini aytdi. ️ Iskandariyning aytishicha, mintaqa mamlakatlariga uyushtiriladigan ayrim hujumlar Eron tomonidan emas, Isroilning “Mossad” tashkiloti tomonidan uyushtirilgan harakatlar hisoblanadi. U AQSh harbiy bazalarini Isroil razvedkasining faoliyat markazi deb atadi, bu mintaqadagi ixtiloflarning yirik sabablaridan biri ekanligini ta’kidladi. ️ Diplomat Amerika bir yilda Isroilga 50 mlrd dollar harbiy yordam berishini ta’kidlab, bu Eronning kamida besh yillik umumiy harbiy budjetidan ko‘p ekanligini keltirdi. U Eronning yadro quroliga ega bo‘lishni istamasligini va tinch aholini himoya qilishga qaratilgan siyosatini alohida urg‘uladi.

Source: www.gazeta.uz