Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan 2025-yil uchun e'lon qilingan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston ish bilan bandlik darajasi bo‘yicha dunyo davlatlari orasida 114-o‘rinni egalladi. Mamlakatimizda bu ko‘rsatkich 55 foizni tashkil etib, bu mehnatga layoqatli aholining yarmidan bir oz ko‘prog‘i iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishini anglatadi.

Ish bilan bandlik darajasi – bu mehnat bozorining holatini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, u 15 yoshdan oshgan aholi orasida ishlaydigan fuqarolar ulushini ifodalaydi. XMT ushbu ma'lumotlarni milliy statistika xizmatlari ma'lumotlari asosida hisoblab chiqadi.

XMT ekspertlarining ta'kidlashicha, O‘zbekistondagi ko‘rsatkichlar nafaqat ishsizlik, balki iqtisodiyotda faol ishtirok etmaydigan katta qatlam – talabalar, uy bekasi ayollar, shuningdek, norasmiy sektorda band bo‘lganlar ulushining yuqori bo‘lishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.

MDH davlatlari orasida yetakchilikni Qozog‘iston egallab, u 67 foizlik ish bilan bandlik darajasi bilan dunyo reytingida 29-o‘rinda turadi. Belarus 61 foiz bilan 67-o‘rinda, Rossiya 60 foiz bilan 73-o‘rinda joy olgan. Qirg‘iziston va Tojikiston mos ravishda 111 va 175-o‘rinlarni egallagan.

Source: kun.uz