☢️⚠️ Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yadro quroli ishlab chiqarish qobiliyatini jiddiy oshirmoqda – XAQSh boshlig‘i
▪️ Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (XAQSh) bosh direktori Rafael Grossining so‘zlariga ko‘ra, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) atom qurollari ishlab chiqarish qobiliyatida “juda jiddiy o‘sish”ni namoyish etmoqda. Grossi bu haqda Seulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida gapirib, mamlakatning yadroviy dasturini kuzatishda qiyinchiliklar borligini ta’kidladi.











