✈️⛔️ Germaniyaning Berlin shahridagi yagona yirik aeroportida ish tashlash tufayli parvozlar to‘xtatildi
▪️ Germaniyaning Berlin shahridagi yagona yirik aeroporti – Brandenburg (BER) aeroportida Verdi kasaba uyushmasi a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ish tashlash tufayli butun kun davomida barcha yo‘lovchi parvozlari to‘xtatildi. Ish tashlash ertalab boshlanib, tungi soat 12:00gacha davom etishi kutilmoqda. Aeroport operatori ma’lumotlariga ko‘ra, taxminan 445 ta reys bekor qilingan bo‘lib, bu 57 mingga yaqin yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatdi.











