Oq uy rahbari Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning dekabr oyida Mayamida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida qatnashishi “foydali” bo‘lishini bildirdi. Bu haqda Deutsche Welle agentligi xabar berdi.
Shu bilan birga, Trampga Rossiya rahbarining sammitga taklif qilingani haqida ma’lumot yo‘q va u Putin ishtirok etishiga shubha bildirgan.
The Washington Post nashriga ko‘ra, Oq uy rahbari Vladimir Putinni bo‘lajak sammitga taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Putinning G20 sammitida qatnashish qarori hali qabul qilinmagan.
Rossiyaning RIA Novosti agentligi Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankinga tayanib, Moskva “eng yuqori darajada ishtirok etish taklifini” olganini xabar qildi. “Ammo biz sanaga yaqinroq ko‘rib chiqamiz. Ungacha nima bo‘lishini Xudo biladi”, dedi diplomat.
Source: kun.uz