️ 2025-yil sentabr oyida Yakkasaroy tumanida BYD haydovchisi I.Yu. va uning otasi B.U. Lacetti Gentra haydovchisi D.S.ga hujum qilgani, avtomobil oynalarini sindirgani va hodisadan so‘ng mashinada bo‘lgan ayol M.S.ning homilasini yo‘qotgani haqida xabar berilgan.
️ Holat Jinoyat ishlari... bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida ko‘rib chiqilib, hukm o‘qilgan. Sudlanuvchi I.Yu. o‘z aybiga qisman iqror bo‘lgan, lekin tergovning bir tomonlama olib borilganini va videotasvirning faqat kerakli qismlarini taqdim etilganini ta’kidlagan.
️ Jabrlanuvchi M.S.ning aytishicha, BYD haydovchisi va otasi uning turmush o‘rtog‘ini urishgan, u homilador ekanligini bildirganiga qaramay, zo‘ravonlik davom etgan. U hodisadan so‘ng sog‘lig‘i yomonlashgani va keyinchalik homilasi tushganini aytgan.
️ Guvoh shifokor G.K.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, M.S.da bachadondan qon ketayotgani aniqlangan, lekin bu holat turli sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Shifokor homila tushishida odatda qoldiqlar qolishini, ammo M.S.da bunday qoldiqlar bo‘lmaganini ta’kidlagan.
️ Sud jarayonida guvoh M.S. (ota va bolaning tanishi) D.S.ning ularni qamoqqa tushirish uchun pul sarflaganini va tahdid qilganini aytgan. Sudlanuvchilar esa D.S.ning ataylab holatni keltirib chiqarganini va yolg‘on ko‘rsatma berganini da’vo qilgan.
️ Jabrlanuvchi M.S. sudlanuvchilarga nisbatan moddiy va ma’naviy da’vo arizasi bilan chiqqan va ularga og‘ir jazo tayinlanishini so‘ragan. Sud hukmi to‘g‘risida aniq ma’lumot berilmagan.