Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Toshkent shahar hokimligi apparati rahbari lavozimiga Shahrux Mamadjonov tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Avvalgi rahbar Yo‘ldosh Ismoilov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimini tark etgan.

42 yoshli Shahrux Mamadjonov Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik bilim yurti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasini tamomlagan.

Yangi tayinlovga qadar u Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar filialiga rahbarlik qilgan.

Source: podrobno.uz