Manchester City sardori Bernardo Silva mavsum oxirida klubni tark etadi
Manchester City klubining yordamchi murabbiyi Pep Lijnders, jamoa sardori Bernardo Silvaning mavsum oxirida klubni tark etishini tasdiqladi. Lijnders jamoaning Liverpul ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan Angliya kubogi chorak finali o‘yinidan so‘ng jurnalistlarga bergan intervyusida: “Har bir yaxshi hikoya o‘z nihoyasiga yetadi. Uning so‘nggi oylaridan (atigi olti hafta qoldi) rohatlanishini va yaxshi xayrlashuv o‘tkazishini umid qilaman. U bunday e‘tiborga loyiq”, dedi.











