O‘zbekiston neft-gaz sohasidagi muammolar bo‘yicha yana bir yig‘ilish o‘tkazdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni neft-gaz tarmog‘idagi muammolarga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Bu yil boshidan buyon shu formatdagi oltinchi muhokama bo‘lib, avval bunday uchrashuvlar 12 va 30 yanvar, 23-fevral, 10 va 25 mart kunlari o‘tgan edi. Davlat rahbari yig‘ilishda “O‘zbekneftgaz” davlat kompaniyasining birinchi chorakdagi faoliyati yakunlari, ikkinchi chorak uchun vazifalar, shuningdek, ishlab chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar dinamikasini ko‘rib chiqdi.











