"Tsikada" nomli yangi koronavirus shtammi haqida: O‘zbekistonda vaziyat barqaror
So‘nggi haftalarda ommaviy axborot vositalari "Tsikada" deb nomlangan BA.3.2 yangi koronavirus shtammi tarqalishi haqida xabar berishmoqda. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu mutatsiya 23 mamlakatda qayd etilgan. O‘zbekistonning Sanitariya-epidemiologik farovonlik va jamoat salomatligi qo‘mitasi birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ta’kidlaganidek, shtamm ilgari aniqlangan va sekin tarqalmoqda, shuning uchun u 17 yilgacha "uyqu" holatida bo‘lishi mumkin bo‘lgan tsikada hasharotining nomi bilan atalgan.











