Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi nishonlandi
Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida taniqli estrada xonandasi, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda san’at va madaniyat sohasining yetakchi namoyandalari, davlat arboblari, ijodkor ziyolilar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Prezident Zokirovni ushbu muhim sana bilan chin qalbdan tabriklab, unga sog‘lik, oilaviy baxt va yangi ijodiy muvaffaqiyatlar tiladi.











