O‘zbekiston Saudiya Arabistoni va BAA bilan ikki tomonlama aviareyslarni qayta tiklashga ruxsat berdi
O‘zbekiston Transport vazirligi 10-martdan boshlab mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari bilan ikki tomonlama yo‘lovchi tashish reyslarini tashkil etishga ruxsat berdi. Bu haqda vazirlik tomonidan O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi milliy va xorijiy aviakompaniyalarga yuborilgan xatda ma’lum qilingan. Kun.uz ushbu xatning nusxasini ko‘rib chiqdi.











