Sovuq havo massasi 12-mart kuni O‘zbekiston hududidan chekinishni boshlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat hududiga hukmronlik qilayotgan sovuq havo massasi 12-mart, chorshanba kuni kunduzi chekinishni boshlaydi. Bu esa havo haroratining asta-sekin oshishiga olib keladi.











