O‘zbekiston fuqarolari Bahrayn va AQShdan ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Bahrayn va AQShdan ekstraditsiya qilinib, mamlakatga qaytarildi. Bu jarayon Interpolning Toshkent va Manamadagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlik, shuningdek, ikki davlat vakolatli idoralarining muvofiqlashtirilgan harakatlari orqali amalga oshirilgan.











