O‘zbekistonda ruhiy salomatlik tizimi tubdan isloh qilinadi: Shifokorlar maoshlari ikki baravar oshirilishi mumkin
O‘zbekiston hukumati aholiga ruhiy va narkologik yordam ko‘rsatish tizimini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha keng qamrovli loyihani ishlab chiqdi. Prezidentning "Aholiga narkologik va psixiatrik yordam ko‘rsatish tizimini transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasiga ko‘ra, psixiatrlar, narkologlar, tibbiy psixologlar va suiitsidologlarning maoshlari ikki baravar oshirilishi, ya'ni 100 foizga oshiriladigan xavfli va zararli sharoitdagi ish uchun qo‘shimcha haq joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu qo‘shimcha to‘lov 2027-yil 1-yanvardan boshlab ko‘p tarmoqli poliklinikalar va ixtisoslashtirilgan muassasalarda ishlaydigan barcha mutaxassislarga, lavozimidan qat'iy nazar, taqdim etiladi.











