Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

️ Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati davomida AQShning Atlanta shahrida bazani joylashtiradi. Jamoa aʼzolari va murabbiylar shtabi Atlantada yashab, mahalliy "Atlanta Yunayted" klubining sport bazasida mashgʻulotlar olib boradilar.

️ FIFA turnir davomida ishtirokchilar uchun yashash va mashgʻulot oʻtkazish maqsadida jami 61 ta joyni belgilagan. Milliy terma jamoalarning bazalari ularning oʻyinlarini oʻtkazadigan shahar va stadionlarning geografiyasiga qarab tanlanadi. Guruh bosqichida jamoalar boshqa shaharlarga maxsus charter reyslari orqali borib, oʻyinlardan soʻng oʻz bazalariga qaytishadi.

️ Oʻzbekiston terma jamoasining guruhdagi raqiblari boshqa shaharlarda joylashadi: Portugaliya terma jamoasi Palm-Bich-Gardensda, Kolumbiya terma jamoasi esa Kolumbus shahrida bazani tashkil qiladi. 2026-yilgi Jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika stadionlarida 11-iyundan 16-iyulgacha boʻlib oʻtadi.

️ Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichidagi oʻyinlarini quyidagi tartibda oʻtkazadi: 17-iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Meksiko shahrida, 23-iyun kuni Portugaliya terma jamoasiga qarshi Hyustonda va 27-iyun kuni saralashdan oʻtgan jamoaga (Kongo DR/Yamayka/Yangi Kaledoniya) qarshi Atlantada oʻynaydi. Bu rejalashtirish jamoaga oʻyinlar orasida Atlantadagi bazasiga qaytish imkoniyatini beradi.

Source: kun.uz