️ O‘zbekistonda birinchi marta jenshen o‘stirish bo‘yicha eksperimental loyihalar boshlanmoqda. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Janubiy Koreyaning FDfive kompaniyasi vakillari o‘rtasidagi muzokaralar natijasida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani va Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi hududlarida jenshen ekish rejalashtirilgan.
️ Janubiy Koreyaning Dongtan shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Janubiy Koreya vakillari shuningdek, sho‘rlangan yerlarning unumdorligini oshirish, iqlim sharoitiga chidamli va yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekinlarni joriy etish masalalarini muhokama qilishdi.
️ Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekistonda shirin beda, yapon tariqi, italyan raygrassi, sudan o‘ti, yonja va sezbaniya kabi o‘simliklarni yetishtirish istiqbollariga ham e'tibor qaratdilar.
️ Ma'lumot uchun: Jenshen - an'anaviy ravishda Koreya, Xitoy va Rossiyaning ayrim hududlarida o‘sadigan ko‘p yillik dorivor o‘simlikdir. Eng qimmatli qismi 4-6 yilda to‘liq yetiladigan ildizidir. Jenshen immunitetni mustahkamlaydi, charchoqni kamaytiradi, qon aylanishini yaxshilaydi va organizmning stressga chidamliligini oshiradi.
️ Eslatib o‘tamiz, Termizdagi "Xususiy xo‘jalik maktabi"da mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan banan, papaya, rozmarin, lavanda, limon, anjir, brokkoli, bulg‘or qalampiri va boshqa ekinlar yetishtirilmoqda.
Source: podrobno.uz