O'zgidromet agentligi xabariga ko'ra, 15-22 may kunlari respublikaning tog'oldi va tog'li hududlarida kutilayotgan yomg'irlar sababli sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ayniqsa tog'li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar va haydovchilar ehtiyotkorlik choralarini kuchaytirishlari zarur. Yomg'ir suvlarining to'planishi natijasida ayrim hududlarni suv bosishi mumkin.
Agentlik fuqarolarni ogohlantirib, sel va toshqin xavfi mavjud bo'lgan joylardan uzoqroq turishni, daryo va soylar bo'yida dam olishdan saqlanishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, haydovchilarga tog'li yo'llarda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish va ob-havo ma'lumotlarini muntazam kuzatib borish tavsiya etiladi.
Source: www.gazeta.uz