Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Bosh murabbiy Sergey Chigodayev shogirdlari Avstraliya terma jamoasi darvozasiga ikkita javobsiz to‘p kiritdi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U17) Osiyo Kubogining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunladi.

13 may kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinda Sergey Chigodayev shogirdlari Avstraliyaga qarshi ikkita javobsiz gol urdi. Gollar mualliflari – Mirkomil Murodov va Axror Ravshanbekov.

Natijada, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi D guruhida 6 ochko bilan 1-o‘rinni egalladi. Avstraliya (3 ochko) 2-o‘rindan chorak finalga yo‘l oldi. Hindiston esa ochkosiz qoldi.

Avvalroq o‘zbekistonliklar Hindistonni 3:0 hisobida mag‘lub etib, jahon chempionati va chorak finalga yo‘llanmani muddatidan oldin qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining chorak final uchrashuvi 16 may kuni bo‘lib, unda raqib C guruhida 2-o‘rinni egallagan jamoa (Janubiy Koreya, Vyetnam, BAA yoki Yaman) bo‘ladi.

U17 jahon chempionati shu yilning noyabr-dekabr oylarida Qatarda bo‘lib o‘tadi.

Source: kun.uz