Ukrainalik tennischi Nikita Belozertsev sport fuqaroligini o‘zgartirdi. Endi u O‘zbekiston bayrog‘i ostida chiqish qiladi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tennis Federatsiyasi.
17 yoshli Belozertsev ITF o‘smirlar reytingida Ukrainaning birinchi raketkasi bo‘lgan va hozirda umumiy reytingda 13-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan yili u Serbiyadagi ITF M15 turnirida ilk professional chempionlikni qo‘lga kiritgan.
“Nikita Belozertsevning milliy terma jamoaga qo‘shilishi xalqaro maydonda o‘zbek tennisining salohiyatini oshiradi”, — deyiladi federatsiya xabarida.
So‘nggi bir yil ichida O‘zbekiston bayrog‘i ostiga bir qancha rossiyalik tennischilar ham o‘tgan edi: Mariya Timofeeva, Kamilla Rahimova va Polina Kudermetova.
Source: kun.uz