Trump NATO Bosh Kotibi Rutte bilan uchrashuvidan norozi: Ittifoqchilar sinovdan o‘ta olmadilar
AQSh prezidenti Donald Trump NATO Bosh kotibi Mark Rutte bilan Oq uyda bo‘lib o‘tgan yopiq uchrashuvdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda keskin bayonotlar berdi. U NATO ittifoqchilari AQSh va Isroil tomonidan Eronga qarshi boshlangan urushda faol ishtirok etmaganligi sababli “bizga kerak bo‘lgan paytda NATO yo‘q edi” deb e’lon qildi va kelajakda ham ularning yordamiga ishonmasligini bildirdi.











