️ Köln soboriga kirish pullik bo‘ladi
️ Germaniyaning Köln shahridagi mashhur Köln soboriga ikkinchi yarmidan boshlab kirish uchun to‘lov joriy etiladi. Sobor boshqarmasi bu qarorni payshanba kuni e’lon qildi.
️ Boshqarma matbuot anjumanida kirish to‘lovi soborni saqlash, xavfsizligini ta’minlash va boshqarish xarajatlarini qoplash uchun zarur ekanligini ta’kidladi. Sobor ma’muriyati rahbari Klemens van de Ven soborning 2019-yildan beri olti yil ketma-ket zarar ko‘rayotganini va yaqin kelajakda zaxiralar tugab qolish xavfi borligini aytdi.
️ Soborning provosti Gvido Assmanning so‘zlariga ko‘ra, tashrif buyuruvchilarning 99 foizini sayyohlar tashkil qiladi. To‘lov miqdori hali e’lon qilinmagan. Biroq, ibodat qiluvchilar, cherkovga boruvchilar va Markaziy Sobor Qurilish Assotsiatsiyasi a’zolari uchun kirish bepul bo‘lib qoladi.
️ 1248-yilda qurilishi boshlangan va 1880-yilda yakunlangan bu gotika uslubidagi sobor Köln shahrining ramziga aylangan. Uning balandligi 157 metrni tashkil etadi. Ikkinchi Jahon urushidan omon qolgan kam sonli binolardan biri bo‘lgan sobor 1996-yildan beri YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan.
️ Yiliga taxminan 6,6 million kishi tashrif buyuradigan Köln sobori Germaniyaning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biridir. Boshqarma yangi to‘lov tizimi orqali soborni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishni maqsad qilganini bildirdi.
Source: www.dw.com