Valyuta
  • Yuklanmoqda...
Ob-havo
  • Yuklanmoqda...
Havo sifati (AQI)
  • Yuklanmoqda...

Fransiyaning shimolidagi Bully-les-Mines shahrida ertalab soat 7:00 atrofida tezyurar TGV poyezdi harbiy jihozlar tashigan yuk mashinasi bilan toʻqnashdi. Voqea joyiga tezda koʻplab favqulodda xizmatlar va texnik ekipajlar yuborildi.

Poyezd haydovchisi halok boʻldi, 243 yoʻlovchidan 2 nafari ogʻir, 11 nafari esa yengil jarohat oldi. Yuk mashinasi haydovchisi hibsga olindi. Poyezd Dunkirk shahridan Parijga yoʻl olgan edi.

Fransiya transport vaziri Filipp Tabarot voqea joyiga borishini va u yerda SCNF milliy temir yoʻl rahbari Jan Kasteks bilan uchrashishini aytdi. SCNF rasmiylari voqea sabablari aniqlanmaguncha temir yoʻl harakatini toʻxtatganliklarini maʼlum qildi.

Bu voqea bir necha kun ichidagi ikkinchi halokatdir. 25-mart kuni janubi-sharqdagi Sen-Rafael shahrida ham poyezd va yuk mashinasi toʻqnashuvi sodir boʻlib, yuk mashinasi haydovchisi halok boʻlgan edi. TGV poyezdlari 1981-yildan beri xavfsizligi bilan mashhur boʻlib kelgan.

Rasmiylar toʻqnashuv paytida poyezdning oddiy poyezd tezligida harakatlanganini taʼkidladilar. Voqea sabablari ustida tergov olib borilmoqda, temir yoʻl harakati esa kun oxirigacha toʻxtatilgan.

Source: www.dw.com